Mehmonxona

15-04-2017
Begijon Komilov
Assalomu aleykum Otabek aka! Men ham sizning g'oyibona bir muxlisingiz bo'laman! Sizning barcha qoshiqlaringizni miriqib tinglayman!
16-04-2017
Otabek Muhammadzohid
Qo'shiqlarimiz sizga manzur bo'lganidan mamnunmiz.

07-04-2017
Umaraliyev Diyorbek
Salom Otabek aka ishlariz yaxshmi? Iijodlar qalay yangi qo'shiqlar kamayib qoldi. Qachon chiqadi yangi qo’shiqlar. iltmosim bor to’yimga aytsam kelasimi?
15-04-2017
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum assalom! Aprel oyi xisobidan Tokiydi qizil taronasini taqdim etdik. Qo'shiqni saytimizni Audio bo'limidan yuklab olishingiz mumkin. Albatta to'yingizga taklif etsangiz boramiz.

02-04-2017
Abduhakim Muhamadaliyev
Otabek aka man siz ijodizni judayam hurmat qilamat aka ijodizga bundanda rivojlar tilayman akajon Namangan viloyatini Toraqorgon tumaniga ham kelib konsert dasturlarizni bersalariz juda yaxshi bolardi raxmat kattakon.
15-04-2017
Otabek Muhammadzohid
Namanganda konsert qo'yish taklifi bilan chiqishsa albatta boramiz. Xurmat va e'tibor uchun katta rahmat sizga.

22-03-2017
Jasurbek
Assalomu aleykum Otabek aka men sizni ashaddiy muhlisingizman sizdan yangi qo'shiqlar kutib qolaman ijodlaringizga omad.
15-04-2017
Otabek Muhammadzohid
Vaaleykum assalom siz aziz muhlislar uchun ijod qilishdan aslo to'xtamaymiz.

09-03-2017
Ahmedova Dilnoza
Assalomu aleykum Otabek aka sizni ashaddiy muhlisangizman sizning har bir qoshig'ingiz yurakka juda yaqin ijpdda sira charchamang hamisha omad yor bo'lsin oilangiz va mehribon onajoningiz baxyiga doim sog'-salomat bo'ling
15-04-2017
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum singlim Dilnozaxon! Biz san'atkorlarni baxti siz aziz muhlislarimiz borligida iloyim siz xam doim sog' salomat bo'ling.

09-03-2017
Maxmatmurodova Surayyo
Assalom alaykum Otabek aka sizga savolim bor edi: "Mayli telba denglar" nomli qo`shig`ingiz klipi qanday yaralgan? aynan kimnidir hayotidan lavhami?
15-04-2017
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum assalom! Mayli telba denglar qo'shig'ini klipi aynan kimnidir xayotidan olinmagan. Rejissior Muzaffar Erkinov va mening g'oyam asosida sur'atga olingan.

19-01-2017
Mamadaliyev Shavkatjon
Assalomu alaykum Otabek aka! Men Toshloqdan muxlisingizman. Ijodingizga omad tilayman. "Otabek shou"laringizda ko'p bo'laman yangi qo'shiqlar kuylaysiz. Iloji bo'lsa yangi qo'shiqlarni ushbu saytda joylashtirilishini so'rayman. Oldindan katta rahmat.
16-04-2017
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum assalom, "Otabek Shou" dasturmizdakuylangan qo'shiqlarni saytimizni AUDIO bo'limdan yuklab olishingiz mumkin.

08-12-2016
Eldor
Assalomu alekum Otabek aka muhabbat uvoldan keyin yangi qo'shiqla chiqmay qoldi. Orada ancha uzulish bo'lib qoldi kutub qolamiz yangi qo'shiqlani. Hurmat bilan Shahrisabzdan Eldor.
09-12-2016
Otabek Muhammadzohid
Va alaykum assalom Eldorbek. Hozirda siz aziz muhlislar uchun yangi qo'shiqlar ustida ishlayapmiz.

29-11-2016
Sheraliyeva Dilrabo
Salom Otabek. Sizning ijodingiz menga yoqadi. Mening ham yozgan sherlarimni qo'shiq qilishingizni juda ham xoxlar edim. Iltimos bir eshitib ko'ring.
09-12-2016
Otabek Muhammadzohid
Ijodimiz sizga manzur bo'lganidan bexad xursandmiz. She'rlaringizni nodirxon89@mail.ru pochta manziliga yuvoring.

20-11-2016
Muhammad Holiqiy
Assalomu alaykum qalbning eng to'ridagi inson. O'zining qo'shiqlari bilan dillarning tubudan joy olgan xofiz Otabek aka men sizning ijodingizni juda xurmat qilaman va sevib tinglayman aka ijodingizga, ovozingizga umuman gap yo'q, bundan keyin ham shu tariqa davom etishini Xudodan so'rab qolaman IJODGA OMAd tilab xurmat bilan yosh shoir Muhammad Holiqiy
20-11-2016
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum assalom e'tibor va tilaklar uchun katta rahmat. Sizni ham ijodingizga baraka bersin.

09-11-2016
umid razzoqov
Assalomu aleykum Otabek aka. Man Toshkent viloyatidagi Parkent tumanidanman. Ijodingizga qiziqaman.Rahmatli otam qo'shiqlaringizni miriqib eshitardi.Gap yo'q!Yangi taronalar kutib qolamiz.Ijodingizda omad tilayman. Muxlislariz baxtiga sog' bo'ling va charchamang.Cheksiz Hurmat bilan Umidjon Razzoqov.
16-11-2016
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum salom. Otangizni oxiratlari obod bo'lsin. sizni omad tark etmasin.

06-11-2016
Алишер Хусанов
Ассалому алекум Отабек! Ижодда ,хаётда,оилада чарчамаяпсизми.Сиздан купгина янги кушиклар кутиб турипмиз. Ижодингизга омадлар тилаб коламиз!!! Хозирда мусофирликда юрган ашаддий мухлисиз Асакадан Алишер
07-11-2016
Otabek Muhammadzohid
E'tibor uchun katta rahmat Alisher. Sizga ham omad tilab qolaman. Oilangiz bag'riga eson omon kelib oling.

05-11-2016
Jabborov Dilmurod
Assalomu alaykum Otabek aka manga sizni qo'shiqlariz yoqadi, ayniqsa Jonim asir degan qo'shiq yoqadi hozirda Qarshi ma'daniyat kollejda 3 bosqichda o'qiyman albatta sizga shogirdlikga tushaman yo'q demaysiz degan umiddaman sog' buling
07-11-2016
Otabek Muhammadzohid
Shogitlarim qatorida sizni ko'rsam mamnun bo'laman.

05-11-2016
Xidirov Abror
Assalomu allay Otabek aka sog' salomat yuribsizmi, qo'shiqlaringizni xammasini eshitib boraman Iloxim sa'natingizga sanat ijodingizga ijod qo'shilsin kam bo'lmang. Jonli qo'shiqlarni aytishda charchamang.
07-11-2016
Otabek Muhammadzohid
Sizga ham omad yor bo'lsin.

01-11-2016
Botirov Amirjon
Assalomu aleykum Otabek aka. Buxoro san'at kollejida o'qiyman. Savolim shuki biografiyangizda Saljuqda ud va pioninada o'qigan deb yozilgan, hozir ham ud yoki pinina chalib turasizmi? Agar chalib tursangiz iltimosim shuki navbatdagi rejalashtirayorgan konsertingizda chalib bersangiz . oldindan rahmat sog' bo'ling.
07-11-2016
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum salom Amirjon! Nasib qilsa konsert dasturlarimizda bironta cholg'u asbobini siz uchun chalib beraman.

14-10-2016
JALOLADDIN BAXTIYOROV
Assalomu alaykum aziz ustoz sizni ijoddingizni juda yaxshi ko'raman Sizni ashullalaringizni dadam juda sevib tinglaydi xudo xoxlasa meni to'yimga sizni olib kelaman deb niyyat qilib qo'yganlar ijodingizga omad
MUXLIS: JALOLADDIN BOXTIYOROV
07-11-2016
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum salom Jaloliddin sizni to'yizda xizmat qilish bizga ham nasib qilsin.

30-09-2016
Saida Ibodinova
Assalomu alaykum Otabek aka! Men Sinfdosh nomli maktab o"quvchilari jurnalidanman. Jurnalimizga siz bilan suhbat uyushtirmoqchi edik. Sizning fikringizni bilmoqchi edim. Rozi bo"lsangiz boshimiz ko'kka yetardi. Savollarimiz maktab davri haqida bo'ladi.
07-11-2016
Otabek Muhammadzohid
Vaaleykum salom. Albatta jurnallaring uchun suhbat uyushtiramiz. Bog'lanish uchun: +998937367777

04-02-2016
Doston Xolmatov
Assalomu alaykum Otabek aka! Ijodingizga ko'z tegmasin, biz muhlislaringiz sizni juda hurmat qilamiz, oilangiz va bizning baxtimizga doim sog' bo'ling! Yangi "Muhabbat uvol" qo'shig'ingizni tingladim, juda ham go'zal, hit qo'shiq bo'lishiga tilakdoshman!
04-02-2016
Otabek Muhammadzohid
Tashakkur. San'atkorni baxti sizdek muhlislari borligida.

01-02-2016
Oshiq Aziz
Assalomu alaykum. Otabek aka, ijodingiz juda go'zal va betakror. Men qalam tebratib turaman. Niyatim she'rlarimni bir ko'rib chiqsangiz. Qaysi manzilga yoki qay yo'l bilan sizga ijod na'munalarimni jo'natsam bo'ladi?
03-02-2016
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum assalom. nodirxon89@mail.ru manziliga yuboring.

14-01-2016
Anvar Mirzo
Ассалому алайкум! Сог-саломатмисиз! Сизни ва якинларингизни 14- январь Ватан химоячилари куни билан чин калбдан табриклайман! Ижодий илхомлар тилайман! Юртимиз тинч осмонимиз хамиша мусаффо булсин!
04-02-2016
Otabek Muhammadzohid
Tashakkur! Ezgu tilaklaringiz o'zingizga ham hamrox bo'lsin.

13-10-2015
Afruza Ahmedova
Assalomu aleyku dunyodagi eng yaxshi inson,eng yaxwi farzand,eng yaxshi turmush o'rtog',eng yaxshi mehribon ota mening eng sevimli insonim Otabek aka sizga hurmatim juda baland sizni ijodizga faqat va faqat omad tilab qolaman.Oilangizni va biz muxlislaringiz baxtiga sog' salomat bo'ling.Bu osmoni musaffo yurtda sizdek insonlar ko'payaversin.Andijondan sizga alangalik salom.Otabek shouni yangi sonlarini qaydan topsam bo'ladi javob u.n oldindan raxmat. Sog' bo'ling.
23-10-2015
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum salom! Xudo xoxlasa Otabek Shou dasturmizni yangi sonlarni siz aziz muhlislarga tez orada taqdim etamiz. Saytimizni kuzatib boring.

12-10-2015
Одилжон Собиров
Ассалому-алайкум Отабек, сог саломатмисиз? сизни кушикларингиз менга жуда хам ёкади, овозингиз бундан хам ширали ва эъжодингиз бундан хам гуллаб ривожлансин, Оллох насиб килса угилларимиз туйларига таклиф килмокчимиз ,онажонингизни дуоларини олиб сиз хам фарзандларингиз камолини куринг.Cизни тарбиялаган ота -онангизга минг рахмат сог булинг.
23-10-2015
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum salom! Barcha ezgu tilaklaringiz o'zingizga ham hamrox bo'lsin.

07-10-2015
Ahdiyor Sultonov
Assalomu alaykum Otabek aka, men sizni ijodizni juda-juda hurmat qilaman. Istedodizga qoyil aka. Ijodizga omad.
23-10-2015
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum salom, sizga katta rahmat.

24-09-2015
Nurullayev Ilhom Ergashovich
Otabek akajon Qurbon hayit bayrami bilan tabriklayman.Olloxim keyingi hayitlargacha hammamizni omonlikda yetqazsin.Yurtimizga ko'z tegmasin.
24-09-2015
Otabek Muhammadzohid
SIzga ham Iyd Qurbon hayiti muborak bo'lsin. Oilangizdan qut baraka arimansin.

23-09-2015
Саид Aли
Assalomu aleykum Otabek aka qurbon hayit bayrami bilan tabrikleman, ijodizga omad, sixat-salomatlik sizni xech qachon tark etmasin. Toshloqlilk muxlisingiz.
24-09-2015
Otabek Muhammadzohid
Ilohim barchamizga barobar bo'lsin.

26-08-2015
Abdulla Mahmudov
Assalomu aleykum Otabek aka muhlislariz bahtiga sog' omon bo'ling ijodlarizga omad barcha qo'shiqlaringizni maroq bilan eshitamiz.
31-08-2015
Otabek Muhammadzohid
Barcha qo'shiqlarim siz aziz muhlislarim uchun.

20-07-2015
S. Нumo
Аssаlom аlаykum Otаbеk аkа.sizni judаyаm xurmаt qilаmаn. Ваxtimizgа sog' bo'ling. Аllohim o'zi sizni аsrаsin!
31-08-2015
Otabek Muhammadzohid
Tashakkur!

18-07-2015
Hasanboyev Azizbek
Assalomu alaykum Otabek aka. Ramazon hayiti muborak bo'lsin. Ijodizga qoyil qolmay iloj yo'q. Ayniqsa jonli ijro aytishingizga. Oilangizga sihat, ijodingizga omad tilab qolaman.
18-07-2015
Otabek Muhammadzohid
Azizbek e'tibor va tilaklar uchun katta rahmat. Sizga ham bayram muborak.

12-07-2015
Бобиршох Нуруллаев
Бухоролик мухлисларингиз ва санъаткорлар номидан сизга омад тилаймиз. Хамиша сог-омон булинг!
18-07-2015
Otabek Muhammadzohid
Buxoro viloyatida ham bizni tinglashlaridan sevindik. Buxoro ahliga jamoamiz nomidan alangalik salom

11-07-2015
Ахмедов Хайрулло
Салом Отабекака бу йилхам консерт берасизми?
18-07-2015
Otabek Muhammadzohid
Bu yil "Istiqlol" san'at saroyida konsert berish rejamizda yo'q, nasib qilsa kelasi yil albatta beramiz.

26-06-2015
Alijonov Shohboz mirzo
Assalomu alaykum Otabek aka man sizi judayam hurmat qilaman Eldor akada shogirt yuraman iloyim ovozizga ovoz qöshilsin kansertda mazza qildik iloyim biz yosh shogirtlarizi baxtiga sog' omon bölin iloyim boshiz toshdan umriz chinorday uzun bölsin yangi qöshiqlardi kutip qolamiz.
26-06-2015
Otabek Muhammadzohid
Ilohim o'ylagan barcha ezgu niyyatingizga yeting.

06-06-2015
Azamad Fanat Otabek MuhammadZoxid
Yangi qo'shiqlarizni Musofirlikda eshitib dilimiz yayrayapdi , Allox siz-u bizdan rozi bo'lsin ! Akajon sizdan yana yangi qo'shiqlar kutib qolamiz ! Sizlarga hurmat bilan Azamad Fanat Otabek MuhammadZoxid !

10-12-2014
Elyorbek Mamajonov
Salom Otabekaka biz oilaviy sizni muhlisingizmiz. Sizdan bir iltimos " Bu qanday gul" taronasini shu saytda qo'yinglar oldindan rahmat. Sizga omad tilayman martabangiz bundan ham ulug' bo'lsin.
26-06-2015
Otabek Muhammadzohid
Siz so'ragan qo'shiq saytimizning "AUDIO" bo'limi So'nggi taronalar sahifasiga yuklangan.

09-12-2014
Bozorov Yaxyobek
Assalmu aleykum ustoz! Man Buxorodanman, Toshkent shahar Xamza musiqiy kollejida tahsil olganman. Sizni ashaddiy muxlisingizman to'ylarda ham sizni qo'shiqlaringizni aytaman qo'ldan kelgancha. Sizga shogirdlikka tushmoqchiman.
26-06-2015
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum assalom shogirt tushish uchun +99893 9814787 raqimiga qo'ng'iroq qilib Ixtiyor ismli shogirtimiz bilan bog'laning.

06-12-2014
Davronbek Abdullayev
Assallomu alaykum Otabek aka man Toshloqdan ashaddiy muhlisizman. Ismim Davronbek ijod va ishlarizga omad yor bo'lsin
26-06-2015
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum assalom Davronbek sizga ham omad hamisha yor bo'lsin.

03-12-2014
Azodov Bog'ibek
Assalomu alaykum
Xorazm xududining, vohasining
Yaqinda to'yga kelib-ketgan, joyingizdanman.
To'y Zo'r bo'ldi! Gurux zo'r gap yo'q .
Baxoli qudrat xizmat qildiz, buning uchun katta raxmat!
xullas to'y oxiriga yetmasdan ko'nglimdan hallol ekan topganiz degan tuyg'u o'tdi.
tasurotlarim:Avvalo ota-onanggiz katta raxmat ! Hayotdan bundanda tezroq uqish, tezroq va mukammalroq intilish harakatni salmoqliroq qilish, kelajakni buyik qilishini tushindim!
bo'sh paytingizda o'qish uchun kichkinagina savol jo'natsam:
men sizni ko'rib hali qancha qilinadigan mehnatlarim bor ekanligini his qildim.
hali sizga malum, men o'qimagan
qancha kitoblar borligini. asosiysi yoshimiz, mavqeyimizdan qattiy nazar ruxiyatimiz bilan bog'liqlik borligini tushundim.
savolim - aynan qanaqa kitoblarni o'qishni maqul ko'rasiz.
javobingiz uchun oldindan raxmat.
Gurlanga tez-tez kelib turishingizni kutib qolaman.
26-06-2015
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum assalom! O'tkir Xoshimov, Xudoyberdi To'xtaboyev, Mirzakarim Norbekov va Jahon adbiyotini sevib mutoala qilaman.

29-11-2014
Javoxir
Assalom alekum otabek aka salomatmisiz ? Men sizni ashaddiy muhlisingzman tog'rirog'i fudbol tili bn aytganda siz meni kumirimsiz sizi hamma qoshiqlarizi har kuni eshtaman iwda ham kuchada ham barala eshtib yuraman barcha qoshigizi bilaman. Qoshiqlarizga qoyil qolaman ovozizga gapirmasam ham buladi men ham hopiz bulmoqchman huddi sizga oxshap ovozim sizniki bn bir hil disam ham buladi har toylarda 1 ta 2 qoshik hirgoya qilb turaman men ham ozbekistonli bulganimda shogirtlikka borardim afsus... Ovozingizga koz tegmasin iloxim har kuni alloxdan sizga shirn ovoz sog'lik tileman rost katta bosam toymda xizmatta bulasiz inshaalox nasb etsa yoshlgmdan toyimga otabek akam hizmatda buladi db niyat qlaman rost xizmatta bulasizmi men qirg'zistondanman javob uchun oldindan rahmat

27-11-2014
Abduraxmonov Sardor
Assalomu aleykum Otabek aka. Sizga, oilangizga eng avvalo mustaxkam sog'lik tilayman. Ijodingizga omad. Ovozingizga ko'z tegmasin.
27-11-2014
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum salom. Barcha ezgu tilaklaringiz o'zingizga ham xamrox bo'lsin.

27-11-2014
Kamoldin Saydaliyev
Otabek aka ijodingizga omad biz muxlislaringiz baxtiga doim sog' omon bo'ling.
27-11-2014
Otabek Muhammadzohid
Siz aziz muhlislar ham biz san'atkorlarni baxtiga doim sog' bo'linglar.

25-11-2014
Ahror Ravshan
"ONAJONLAR"
Oltin boshing omon bo'lsin,
Yurgan yo'ling ravon bo'lsin.
Mushkullaring oson bo'lsin,
Derlar bizning onajonlar.

Tanlaganing oy bo'lsin,
Go'zallikga boy bo'lsin.
Seni baxtiyor qilsin,
Derlar bizning onajonlar.

Beldan ketmasin quvvat,
Har kimni qilgin hurmat.
Ayla doim muruvvat,
Derlar bizning onajonlar.

Bo'lsin so'zlaring a'lo,
Do'stlar qilmasin hilo.
Qo'llasin Alloh taolo,
Derlar bizning onajonlar.

Sursang go'zal o'y surgin,
Ko'rsang faqat to'y ko'rgin.
Dunyo turguncha turgin,
Derlar bizning onajonlar.

Otabek aka bu bir qancha she'rlaromdan bittasi. Yana boshqa mavzulardan gam bor. Ularni o'zingiz ko'rsangiz zo'r bo'lardi. Aka man she'rlarimi sizi ijroyizda qo'shiq bo'lib yangrashini juda ham istayman.

25-11-2014
Ahror Ravshan
Assalomu alaykum Otabek aka. Konsertizni ko'rdim, to'g'rirog'i mazza qilib, maroq bilan ko'rdim. Sizga qoyil. Qo'qondanman. Alloh dilimga solganlarni she'r qilib yurgan yosh qalamkashlardanman. Otabek aka siz bilan ijodiy hamkorlik qilishni dilimga tugib qo'ygandim. Siz bilan chiroyli asarlar yaratishni istayman. Xuddi Xushnud Darvishevdek.
25-11-2014
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum assalom, she'rlaringizni ushbu sahifaga yoki nodirxon89@mail.ru pochta manziliga yuboring.

14-11-2014
Hamdamova Nigi
Assalomu alaykum Otabek aka.
Yaqinda Jaxongir Otajonovning konsertiga tushdim.
Siz bilan uni solishtirganlari uchun qani bir ko'raychi deb.
Ochig'ini aytsam, shuncha konsertga tushib, sizning konsertingizga o'xshagan fayzli va muxlislari juda xam ko'p kelgan esda qolarli konsertni ko'rmaganman.Sizning qo'shiqlaringiz, saxnada o'zingizni tutishingiz, kamtarinligingiz, har bir shogirdlaringizni ro'yobga chiqarib elga tanitishingiz, ma'no va mazmunga to'la qo'shiqlaringiz xar qanday taxsinga sazovor.
Ilohim aziz boshingiz omon bo'lsin!
Muxlis va muxlisalaringiz baxtiga dunyo turguncha turing Ilohim !!!
19-11-2014
Otabek Muhammadzohid
Tashakkur

13-11-2014
Xasanboy
Assalomu alaykum Otabek aka man Oltiariqdan Xasanboyman aka ijodizga omad oilaviy xotirjamlik tilayman. Konsertga gap yo'q. Ijoddan charchamang.
20-11-2014
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum salom, sizga ham omad tilayman.

10-11-2014
G'ayratbek Nizomov
Assalomu alaykum Akam Otabek! "Bu qanday Gul" nomli qo'shig'ingizni qaerdan topsak bo'ladi? Saytga qachon qo'yiladi? Ijodingizga baraka. Charchamang!
20-11-2014
Otabek Muhammadzohid
Tez kunlarda saytimini Audio bo'limiga joylashtiriladi.

07-11-2014
Niyozbek Boymirzayev
Assalomu alaykum Otabek aka. Doimgidek ijondingizni qiziqish bilan kuzatib boraman va bundan musiqiy zavq olaman. Buning uchun sizga va ijodiy jamoangizga katta rahmat. Joiz bo'lsa savolim bor edi. Konsertingiz juda ajoyib o'tdi, o'ylaymanki hammaga yoqdi. Endi bundan keyingi konsertlaringizni faqat jonli ijroda berasizmi? Javob uchun rahmat!
19-11-2014
Otabek Muhammadzohid
Jonli ijroga bo'lgan talab kundan kunga oshib bormoqda nasib qilsa kelgusidagi konsertlarimizda jonli ijroda kuylash niyyatidamiz.

06-11-2014
Inomjon Nozimov
Assalomu alaykum Otabek aka man Samarqanddan sizni ashadiy muhlisingiz, ovozingizga ko'z tegmasin, yana yangi qo'shiqlar kutib qolamiz. Ijodizga omad tilab qolaman.
20-11-2014
Otabek Muhammadzohid
Sizni ham ishlaringizga omad.

27-10-2014
Azamad Fanat Otabek Muhammad Zoxid
Otabek aka siz bilan Faxrlanamiz ! Aka doim E'l , nazaridan qolmang . Ijodingizga Musofirlikda yurgan baaarcha Muxlis va Muxlisalariz nomidan ijodinga ulkan zafarlar tilab duodaman aka !!! Sizday inson bilan Qardonligimizga va Aka Ukachiligimizga hech ko'z tegmasin ! Jamoadagi Akalarim va Qadrdonlarimiz ham hech qachon ko'z tegmasin . Aka sizlarga bo'lgan baland hurmat bilan Azamad !!!
20-11-2014
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum salom ukaginam. Baxtimizga so'g' bo'ling.

19-08-2014
Maqsudbek Yo'ldashev
Otabek aka ijoddan xechqachon charchamang.ashaddiy,chin muhlislariz judaym ko'p. Sizga va ijodiy jamoangizga omad tilayman!
07-10-2014
Otabek Muhammadzohid
Sizni ham ishlarizga rivoj tilayman..

10-08-2014
Kamolov Nodirbek
Assalomu aleykum men sizni muhlisingiz Andijon viloyati Buloqboshi tumanidan Nodirbek Otabek aka menga sizni Otamdan yodgorim, Burgut, Malla soch, Atalimni, Mayli telba denglar va barcha qo'shiqlaringiz yoqadi. Ollohim doim omadingizni bersin. Biz muhlislaringizga yangidan yangi qo'shiqlar ayto'ring. Uylanmaganman to'yimga aytaman hizmat qilib berasizlar sog' bo'linglar.
21-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Tashakkur, to'yizda xizmat qilish nasib qilsin.

10-08-2014
Н. Фахриддин
Отабек ака сизга ижодий баркамолликни Оллохдан сураб коламан. Оилангиз бахтига домо омон булинг.
21-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Sizni ham oilangizga qut baraka, xotirjamlik tilayman.

09-08-2014
MUHAMMADAZIZ FANAT OTABEK MUHAMMADZOXID
Assalomu alaykum Otabek aka man sizni ashadiy muhlislarizdan biri Marg'ilondan Muhammadaziz bo'laman. Otabek aka sizga savolim bor "Otabekshou" yana bo'ladimi javob uchun oldindan raxmat.
21-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Otabek Shou dasturimizni qish oylariga rejalashtirganmiz.

08-08-2014
ASADULLO ALIJONOV
Otabek aka yangi qo'shiqlariz juda ham yoqti sizdan yana yangi qo'shiqlar kutib qolamiz.
21-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Qo'shiqlarimiz sizga yoqganidan judaham hursandman.

07-08-2014
Azizbek orom studio
Assalomu alaykum Otabek aka ijodizmi juda sevaman "Shaxnozaxon" degan qo'shiqingiz o'zizni she'rizmi? Javob uchun oldindan rahmat.
19-09-2014
Otabek Muhammadzohid
"Shaxnozaxon" qo'shig'im Asakalik yosh shoir ukam Xushnudbek Darvishev qalamiga mansub.

07-08-2014
Otabek Axtamov
Assalomu alaykum. Otabek aka sizning qo'shiqlaringizni yaxshi ko'ramiz. Sizdan ko'proq yangi qo'shiqlar kutib qolamiz.
19-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Eng so'nggi qo'shiqlarimizni barchasini saytimizga qo'yib boramiz.

05-08-2014
Birodariaziz Tohirov
Assalomu alaykum Otabek aka man Andijondan sizning muhlisingizman, qo'shiqlaringgiz menga judaham yoqadi. Sizning ijodinggiz va ijodiy guruhinggizga doim ulkan zafar tilayman.
19-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Sizga ham omad yor bo'lsin.

01-08-2014
ABDULLOH ABDUSALIMOV
Assalomu alaykum Otabek aka, ijodilarizga barokot, o’zizga sog’lik, oilezga tinchlik farzandlarizi roxatini ko’rish nasib qilishini tilab qolaman.
19-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Tashakkur!

30-07-2014
Хуршид Болтабоев
Отабек ака утган Хайит айемлар муборак булсин сизга соглик.тинчлик ва хотиржамлик тилайман. Ашиддий мухлисингиз Хуршид.
19-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Katta rahmat, kelayotgan hayit bayrami sizga ham muborak bo'lsin.

30-07-2014
Jasurbek Negmatov
Assalomu alekum Otabek aka sog'liqlaringiz yaxshimi ijodlar bilan charchamayapsizmi? Men sizning yosh muxlisingizman. Sizning qoshiqlaringiz menga juda yoqadi. Kansert dasturingiz judayam ajoyib bo'ldi. Bizga ham shunday kansertlar berish nasib etsin iloyim. Bizga ham sizning yo'lingizni bersin. Sizni judayam hurmat qilaman. Sizga keyingi ijodingizdayam omad tilayman. Ajoyib qo'shiqlar kuylashdan to'xtamang.
19-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum assalom. Barcha ezgu tilaklaringiz sizga ham hamrox bo'lsin.

27-07-2014
Husniddin Haydarov.
Assalomu alaykum Otabek aka Hayid bayramingiz muborak bo'lsin. Saytdagi ilk qo'shiqlar qatoriga "Nozigim yo'qdir" qo'shig'ingizni ham qo'shishingizng iltimos qilaman. Oltiariqdan ashaddiy muxlisingiz Husniddin.
19-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Albatta joylashtiramiz.

25-07-2014
NILUFAR
Assalomu alaykum Otabek aka. Men ham sizning muhlisingizman. Ashaddiy demadim nokamtarlik bo'lmasin deb. Garchi men san'atkor emasman. Baho berishga haqli ham emasman. Biroq menga qo'shiqlaringiz shunday yoqadiki! Ulardagi gözal öxshatishlar, ma'nolar betakror. Yagona Parvardigorimizdan sizga uzoq va ma'noli umr, qalb salomatligi va eng asosiysi imon halovati tilayman. Borligingiz uchun Ollohga shukr! Nilufar
19-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Sizga qo'shiqlarimiz yoqganidan bexad hursandman. Sizni ham bor qilganga shukr.

23-07-2014
Shohjahon Mamanazarov
Avvalambor assalomu alaykum Otabek aka men sizni
ashaddiy muhlisizman ustoz menham sizning yo'nalishingizda qo'shiq aytaman yoshim 15da ustoz menga yo'l kursatsangiz shu ovozimni balandroq notaga
ko'tarishim uchun qanday mashqlarni qilishim kerak javob uchun oldindan rahmat.
18-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Bolalar musiqa maktabiga boring, yoki musiqaga ta'lim oling.

22-07-2014
Mirzohid
Otabek aka ijodizga omad tilayman! Aka do'st-dushman haqida ham qo'shiq ayting!
18-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Tez orada do'stlarni madx etuvchi yangi qo'shiqlar ijro qilamiz.

20-07-2014
Sherali G'ofurov
Assalomu aleykum Otabek aka sog'-salomatmisiz ijodlar bilan charchamasdan yuribsizmi? Sizga tilaklarim aka doim biz muxlislar baxtiga xamma yaqinlaringiz baxtiga doim sog'-omon bo'ling, faqat ijodizda kelgusi ishlarizda barcha Kosonsoylik muxlislariz nomidanxam omadlar tilab qolaman.
18-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Sizni ham ishlaringizga omad va zafarlar tilayman.

19-07-2014
Sobirova Dilbar
Salom qadri baland qadrli san'atkorim. Otabek aka sizni ijodizni doim kuzatib boraman. Mayli telba denglar qo'shig'ingiz go'yoki mani xayotimdan olinganday ijodizga ser maxsullik tilayman.
18-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Barcha qo'shiqlarim siz aziz muhlislarimga.

19-07-2014
Yusupov Oybek
Assalomu alaykum Otabek aka ishlaringiz yaxshmi? Sizni ashadiy muxlisizman xamisha el-yurtni olqishidan qolmay shunday davom eting.
18-09-2014
Otabek Muhammadzohid
Sizga ham barcha ezgu tilaklarimizni tilaymiz.

16-07-2014
Ергашева Маърифат
Ассалому алайкум Отабек ака ман сизни ашадий мухлисизман сизни кўшикларизни севиб тинглайман ишларизга омад, Маргилондан салом.
22-08-2014
Otabek Muhammadzohid
Marg'ilonlik muhlislarimizga ham alangalik salom.

15-07-2014
Azamat Turg'unov
Salom Otabek aka men ashaddiy muxlislarizdan biri bo'laman ijodizga omad tilayman va yana shunday dilni xushnud etadigan qo'shiqlarizni kutib qolaman.
22-08-2014
Otabek Muhammadzohid
Barcha qo'shiqlarimiz siz aziz muhlislar uchun.

15-07-2014
O'tkirbek Hamidov
Assalomu alekum Otabek aka sog'liqlariz yaxshimi. Man sizi ashaddiy muxlisizman sizi aytgan xamma qo'shig'iz qalbimdan joy oladi. Qo'shiq aytish uslubiz juda yoqadi. "Sen meni yo'qlamay qo'ygan kunlaring" nomli qo'shig'iz mani eng sevimli qo'shig'im. Bilasizmi orzuyim nima ..... xayotda siz bilan ko'rishib suhbat qurish
22-08-2014
Otabek Muhammadzohid
Tashakkur, nasib qilsa albatta ko'rishamiz.

13-07-2014
Mavlonova Maxliyo Ulug'bekovna
Salom. Hurmatli honanda bu yilgi konsertingiz tashrif buyurganimdan bag'oyat xursand bo'ldim. Sizdan huddi shunday ko'tarinkilikdagi yangi qo'shiqlarni kutgandim. Va bu o'z aksini topdi. Men qo'shiqlaringiz matnini yaratgan shoirlarimiz, hamda o'z kuy va sehrli ovozingizni juda qadrlayman. Shuni ham ta'kidlashim joizki, sizning ishtirokingizdagi aprel oyida Jizzax "Yangi hayot" majmuamizga o'zgacha fayz olib kelganlaringiz uchun jamoa a'zolaringizgada mehrim oshdi. Va doimo shunday munosabatga loyiq bo'lib qolishlaringizni tilayman. Yana va yana ijodingizdan bahramand bo'lib qolishga umidvorman.
22-08-2014
Otabek Muhammadzohid
E'tibor uchun katta rahmat! Bag'oyat shodman.

08-07-2014
Bahodir Usmonov
Assalomu-Alaykum Otabek aka men sizni ashaddiy muhlislaringizdanman. Doimiy ravishda qo'shiqlaringizni tinglab boraman. Qo'shiqlaringiz menga doim ilhom bag'ishlaydi va ko'plab she'rlarni yozishga undaydi. Meni bir ezgu orzuyim bor. Nikoh to'yimda mening aziz mehmonim bo'lishingizni juda-juda orzu qilaman. Qayerda bo'lsangiz ham doim oilangiz va muhlislaringizni bahtiga sog'-omon bo'lin. Ijodingizga ulkan zafarlar tilayman.
22-08-2014
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum salom! Nasib qilsa albatta boramiz.

08-07-2014
Elyorbek Xoliov
Assalomu allaykum Otabek aka el xizmati bilan charchamayabsizmi? Sizni ijodinggizni diqqat bilan kuzatib boraman. Konseringgizni proma videosini ko'rdim juda ajoyib bulibdi. Ishlarzga omad. Sog' bo'ling. Ijoddan charchamang.
22-08-2014
Otabek Muhammadzohid
E'tibor va tilaklar uchun katta rahmat! Baxtimizga doim sog' bo'ling.

07-07-2014
Rustamov Omadbek
Otabek aka men sizni ijodingizni judaxam xurmat qilaman, o'zim marxamatlikman sintezator cholaman ijodingizga omad tilab qolaman.
22-08-2014
Otabek Muhammadzohid
Katta rahmat!

07-07-2014
G'iyos Obabakirov
Otabek aka konsert zo'r boldi gap yo'q yana ko'rgimiz kelyapti konsertni diski qachon chiqadi?
22-08-2014
Otabek Muhammadzohid
Sentabr oyiga qadar konsert dasturimizni video diski sotuvga chiqadi. Konsert video diskini dunyo standartiga javob beradigan qilib tayyorlayapmiz.

05-07-2014
Johongir Rustamivich
Assalomu alaykum Otabek aka ishlarizga omad, umriz uzoq bölib muhlislarizi hursand qilib yuring.
22-08-2014
OTABEKSHOU.UZ
Sizga ham omad tilayman!

07-06-2014
ADMINISTRATOR
HURMATLI SAYTIMIZ FOYDALANUVCHILARI. SAYTIMIZNI USHBU SAHIFASIGA YOZIB QOLDIRGAN HABARINGIZDA ISM VA FAMILIYANGIZNI BOSH HARFINI KATTA HARF BILAN YOZISHINGIZNI SO'RAYMIZ. AKS XOLDA SIZ YOZGAN HABAR SAYTIMIZDA CHIQMAYDI.

01-06-2014
Ibrohimov muhtorjon
Asalomu alaykum Otabek aka, man sizni eng ashadiy muxlislarizdanman hamma qo'shiqlaringizni sevib, yoqtirib tinglayman. Ijodlarizga omad bizgayam sizni yo'lingizdan ketish nasib qilsin.
04-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Tashakkur!

01-06-2014
Otabek Bobojonov
Otabek aka ijodingizga omadlar tilab qolaman, yangi konsertingizni intizorlik bilan kutayapman Shaxnozaxon deb nomlangan qo'shig'ingiz juda ham yoqdi.
04-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Qo'shiqlarimiz sizga manzur bo'lganidan judayam hursandman.

01-06-2014
Zokirjon Temirov
Assalomu alaykum Otabek aka. Konsert dasturiga tayyorgarliklar bilan charchamayapsizmi!? Andijonda ham konsert berish rejangizda bormi? Qachon Andijonda konsert berasiz? Sizni kecha Namangandagi "Barkamol avlod" sport o'yinlarining yopilish marosimida ko'rib juda hursand bo'ldim!!! Mustaqillik bayramida ham sizni ishtirok etishingizni kutib qolamiz!!!
04-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Nasib qilsa Andijonda ham konsert qo'yamiz. Bu saytimizni yangiliklar sahifasini kuzatib boring.

01-06-2014
Abdug'affor Mirzo
Otabek aka man Qozog'istondan! Sizni ijodingizga xavas qilaman! Konsertniyam yaxshi, omadli o'tkazib oling! Sizga oilam va go'zal Turkiston shaxrim Yassaviy yurtidan.
SOG'LIK, OMAD, OBRO' Tilab qolaman!!!
01-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Sizga ham qalbimizdagi eng ezgu tilaklarimizni tilayman.

01-06-2014
Диёра Исмоилова
Ассалому Алайкум! Отабек Ака! Ман сизни ашаддий мухлисаларингизданман. Сизни кушикларингизни севиб тинглайман. Якинда булаётган консертингизни интизорлик билан кутябман. Сизга доимо соглик, оилавий тотувлик, ижодий зафарлар тилайман! Сизга ва ижодий жамоангизга Оллохим куч кувват берсин илохим.
01-06-2014
Otabek Muhammadzohid
E'tibor va tilaklar uchun katta rahmat.

01-06-2014
Umida Bayjanowa
Assalomu alekum Otabek aka man sizni Turkmanistonlik muxlisingizman. Sizni qo'shiklaringizni sevib eshtaman. Sizga san'at yo'lizda omad tilab qolaman. Konsertizga kirish niyyat bor Xudo xoxlasa ulgursam boraman inshollox sog'lik, omad, baxt doimo siz bilan yurishini Olloxdan so'rayman.
01-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Va aleykum salom. Umidaxon bizni Turkmanistonda ham tinglovchilarimiz borligidan boshimiz osmonga yetdi. Sizni konsert dasturimizda ko'rishni hohlardik.

31-05-2014
колибаева Нурзода
Ассалому алайкум Отабек ака мен жиззахлик мухлисангизман. Авваламбор сизга утган йилги бургут кушигингиз учун рахмат айтмокчиман. Бу йилги консерт дастурингиз хам яхши утсин Oллох к,увват берсин.
01-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Tashakkur. Sizdek muhlislarimizi borligan hursandmiz.

31-05-2014
Abbosbek Mirzayev
Otabek aka ijodizga ko'z tegmasin hamisha el nazarida bo'ling,omad sizga!!! "Seni qattiq sevaman" qo'shig'ingiz manga judayam yoqdi. Huddi mani dardimi kuylagansiz.
01-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Qo'shiqlarimiz sizga yoqaganidan judayam hursandmiz.

30-05-2014
Sarvarbek
Salom Otabek aka sizdi nafaqat O'zbekistonda chet davlatlarda ham muxlisingiz bor ekan qo'shiqlaringizni eshitib, bu Otabek Muhammadzohidmi? deyishadi. Ijodizga omad doimo el ardog'ida bo'ling.
01-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Rahmat Sarvarbek chet elda ham bizni tinglashlarini eshitib hursand bo'ldim. Sizga ham omad tilayman.

30-05-2014
Dilorom
Salom Otabek aka! men sizning ashaddiy muxlisalaringizdan biriman, sizning ishingizga va san'atingizda omad yor bo'lishini Xudoyimdan so'rayman! Oila a'zolaringiz va biz muxlislar baxtiga omon bo'ling deb SAMARQANDDAN DILOROM
01-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Tashakkur siz ham doim sog' salomat bo'ling.

29-05-2014
Asrorxon
Otabek aka risqingiz ulug' martabangiz bundanda baland bo'lsin.
01-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Ilohim, katta rahmat. Siz ham bor bo'ling.

29-05-2014
Oybek Xodjaev
Otabek aka ijodizga omad sog` bo`lin
01-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Tashakkur. Siz ham sog' salomat bo'ling.

28-05-2014
Nodirabegim Toshqo`ziyeva
Assalomu-alaykum Otabek aka. Olloh konsertlarizga fayz bersin. Farg`onada qachon?
01-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Farg'ona shaxridagi San'at saroyi ochilsa Farg'ona shaxrida ham konsert qo'yamiz.

28-05-2014
G'aybullayev Muzaffar
Otabek aka sizning muxlisingizman. yaqinda uylanmoqchiman. Bo'lg'usi umr yo'ldoshim xam ashshaddiy muxslisangiz. Hamma qo'qishlaringizni yod biladi. (xatto turkchalarini ham) To'yimga aytsam kelasizmi? Buni qanday amalga oshirish mumkin. yoki adminstratoringizga murojat qilish kerakmi? dunyodagi eng baxtli inson bo'lar edim. Umrimda faqat bir marta bo'ladigan to'yimga eng xurmat qilib qadrlaganim Otabek aka Muhammadzoxid tashrif buyursalar. Buni amalga oshirishim uchum amaliy yordam bersangiz. javobingizni intiq bo'lib kutaman. Cheksiz xurmat bilan MUZAFFAR
01-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Avvalo e'tibor uchun katta rahmat. Nasib qilsa yaxshi kuningizda xizmatdamiz. Administrator +99893 736 7777

28-05-2014
Akmal Musayev
Assalomu alaykum Otabek aka! Istiqlolda konsert berayotganingizni eshitib juda xursand böldim. Andijonda ham konsert berish niyatingiz bormi? Iltimos shu xaqida o'ylab köring. Javob uchun oldindan rahmat.
01-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Nasib qilsa albatta Andijonda ham konsert qo'yamiz.

27-05-2014
Bahor
ALLOHni panohida bo'linglar!
01-06-2014
Otabek Muhammadzohid
Siz ham!

25-05-2014
Mirzazohid
Otabek aka men ham ashadiy muhlisingiz ijodingizga omad tilayman. Qo'shiqlarizga gap yo'q.
26-05-2014
Otabek Muhammadzohid
Sizga ham omad yor bo'lsin.

25-05-2014
Khan Khadjaev
Ishlaringizga omad. Doim N1 bo'ling.
26-05-2014
Otabek Muhammadzohid
Rahmat!

25-05-2014
Gayratbek Nizomov
Ассалому алайкум Акам Отабек! Концертни интизорлик билан кутмокдамиз. Худо хохласа 15 куни 6-катор 4 та жойидаги мухлисларингиз концерт давомида Сиз билан елкама-елка турамиз. Сиз бизга ишонаверинг, худди биз Сизга ишонгандек. Нодирхон укамизга хам Сиз билан куриштиргани учун катта рахмат. Намангандан Fайратбек укангиз.
25-05-2014
Otabek Muhammadzohid
G'ayratbek sizga bilan ko'rishganimizdan judayam hursandmiz. Ishlaringizga omad.

25-05-2014
ODILJON KARIMOV
Assalomu aleykum Otabek aka solig'ligiz yaxshimi? Xoji onam yaxshimilar? Konsert reptitsalari bilan charchamayapsizlarmi konsertni eshitib xursand bo'ldim ijodiy jamoangizga Ollohim kuch quvvat bersin, ilohim ijodizga omad.
25-05-2014
Otabek Muhammadzohid
Tashakkur

24-05-2014
Zokirjon Temirov
Assalomu alaykum Otabek aka yaqinda bo'ladigan konsertizni eshitib juda xursand bo'ldim. Omad tilayman. Men sizni ashaddiy muhlisizman. sizga sog'liq salomatlik tilayman. Olloh o'zi qo'llasin
25-05-2014
Otabek Muhammadzohid
E'tibor uchun katta rahmat.

24-05-2014
Nargiza
Assalomu aleykum Otabek aka, man sizni ashaddiy muhlisangizman, sizga omad va yana omad tilab qolaman.
24-05-2014
Otabek Muhammadzohid
Sizga ham omad yor bo'lsin.

24-05-2014
Iskandarbek
Otabek aka Xudo xoxlasa konsertingiz juda zo'r o'tadi. Man sizga ishonaman va sizga omad tilayman. Yangi qo'shiqlaringizni qaysi saytdan topsam bo'ladi. Vladivostokdan muhlisingiz Iskandarbek
24-05-2014
Otabek Muhammadzohid
Sizga ham omad tilayman. Qo'shiqlarimni shu saytda topasiz.

24-05-2014
ХАКИМЖОН
САЛОМ ОТАБЕК МУХАММАДЗОХИД ЖАМОСИГА ОМАТ ТИЛАЙМИЗ КУЗ ТЕГМАСИН
24-05-2014
Otabek Muhammadzohid
Tashakkur

24-05-2014
Mirjalol Madaminov
Otabek aka men sizn ashaddiy muhlissingizmam doyimo omad sizni tark etmasin.
24-05-2014
Otabek Muhammadzohid
Katta rahmat!

23-05-2014
oybek
Assalomu alekum ustoz Sizni ijodingizni jidayam ihlos bilan kuzataman ilohim o'zi qo'lab quvvatlasin Moskva bo'lsak ham sizni konsertingizni intizor bo`lib kutmoqdamiz hurmat ila ashaddiy muhlisingiz Oybek.
24-05-2014
Otabek Muhammadzohid
E'tibor uchun katta rahmat doim sog' salomat bo'ling, nasib qilsa kelasi konsertlarimizda sizni kutamiz.

23-05-2014
Fazliddin
Assalomu alaykum Otabek aka,yaqinda konsert beryotganingizni eshitib juda xursand bo'ldim, nasib qilsa oilamiz bilan Xorazmdan tashrif buyuramiz. Saytlaringiz ham yangilanibdi. Juda chiroyli va tez ishlamoqda.
Ijodingizga omad aka!
23-05-2014
Otabek Muhammadzohid
E'tibor va tilaklar uchun katta rahmat, Fazliddin sizni va oilangizni konsertimizda kutamiz. Doim sog' salomat bo'linglar.

22-05-2014
Davronbek
Ustoz sizi ijodizi judayam ihlos bilan kuzatib boraman. Kansert zo`r o`tishiga ishonaman OLLOX sizni o`z panoxida asrasin
23-05-2014
Otabek Muhammadzohid
Siz aziz muhlislarimiz ham baxtimizga sog' bo'linglar.

22-05-2014
Shahzod Sadullayev
Chiptalar xaridi tugadimi?
23-05-2014
Administrator
Chiptalar saroy kassalarida va Farg'ona shaxrida sotilmoqda Batafsil: +99893 736 7777

22-05-2014
Nodir Xon
ANA SAYTIMIZ HAM ISHLADI.

15-05-2014
Ruslan Ulugbekovich Rustamov
Omad sizni hech qachon tark etmasin. Oilangiz baxtiga doimo sog‘ bo‘lib yuring!

15-05-2014
Bahrom
Otabek aka men sizni muhlisingizman va doimo ijodingizga omad tilayman.
15-05-2014
Otabek Muhammadzohid
Rahmat Bahromjon.

Xabar qoldirish