09.05.2016
Yoshi ulug' insonlarni e'zozlash, oilada, maxalla kuyda otaxonu onaxonlarimizga ehtirom ko'rsatish o'zbek millatining qon-qoniga singib ketgan. Mamalakatimizda Xotira va qadrlash bayrami keng miqyosda nishonlanishi nafaqat o'tganlarni yod etish, balki atrofmimizda biz bilan yashayotgan yaqinlarimizga, aziz ota-onalarimizga mehr ila e'tiborli bo'layotganimizning amaldagi isbotidir. Yurtimiz tinchligi yo'lida jon fido qilgan vatandoshlarimizning xotirasi hamisha mangu bo'lsin. Vatanimiz O'zbekistonga hech qachon ko'z tegmasin. Barqarorlik, osoyishtalik xukm surayotgan ona diyorimiz tinchligi bardavom bo'lsin.