21.06.2016
Ko'plab muxlislarining talablariga binoan Farg'ona vodiysi san'atkorlari orasida , xonanda Otabek Muhammadzohid tomonidan tashkil etilgan “Otabek shou” dasturi 2015 yilning dekabr oyidan yana ommaga havola etila boshlandi. Shu yilning 19 iyun sanasida bo'lib o'tgan “Otabek shou” kontsert dasturining mehmonlari sifatida yosh iste'dodli san'atkorlardan Sardor Mamadaliev, xonanda Dilso'z, Farrux Raimov, Akmal Sadixonov va “Dizayn” jamoasi qatnashdilar. Shouning rijessyori Sherzod Rizo, muallif va boshlovchisi ovozida sehri bor, yurakka etib boradigan taronalar ijodkori xonandaning o'zidir. Eng asosiysi , “Otabek shou”ning har sonida Otabek Muhammadzohid eng yangi , xali hech qaerda yangramagan qo'shiqlarini prem'era sifatida jonli musiqa va dilkusho ovozi bilan jonli kuylaydi. San'atkorimiz bergan ma'lumotlarga ko'ra dastur endi imkon kadar xar ikki oyda bir marotaba Farg'ona viloyati kontsert teatr saroyida o'tkazilib boriladi.