21.06.2016
San'atkorimizning Xushnud Darvesh she'ri bilan kuylangan “Sevgilimni yig'latma xijron” sho'x taronasi uchun orignal yo'nalishda videoklip tayyorlandi. Klip g'oyasi muallifi Otabek Muhammadzohid hamda klipmeyker Sherzod Rizo. Ma'lumotlarga ko'ra, klipdagi asosiy qahramonlarni xonandaning o'zi va aktrisa Nargiza Abdullaevalar ijro etishgan. Sherzod Rizo ayni vaqtgacha Otabek Muhammadzohid bilan hamkorlikda ish olib boradi. Klipmeyker, ijodkorning bir qancha qo'shiqlari uchun videoklip tasvirga olgan, shuningdek bir necha yillardan buyon Otabek Shou dasturiga rejissyorlik qilmoqda. O'zbek shou biznes olamida taronalari uchun kamdan-kam holatlarda videoklip tasvirga oldiruvchi sehrli ovoz sohibi Otabek Muhammadzohidning yangi ijod namunasidan baxramand bo'ling va baho bering.