15.04.2017

Bir-birini takrorlamaydigan ohanglari bilan muxlislar ko'nglini zabt etayotgan san'atkorimiz yangi taronalar ustida ish olib bormoqda. Xonanda bergan ma'lumotlarga ko'ra Otabek Muhammadzohid bu yil muxlislari uchun ko'plab prem'eralar taqdim etish maqsadida. Barcha yangi qo'shiqlarining musiqasi o'zgacha talqinda va yo'nalishda tayyorlanmoqda. Ijodkorimizning san'atida bunday xarakatlarning ro'y berishida singlisi O'zbekiston Xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaning maslahat berganini aytib o'tdi. Sexrli ovoz sohibi Otabek Muhammadzohid “To kiydi qizil” nomli original qo'shiq kuyladi. Boborahim Mashrab g'azali, Otabek Muhammadzohid musiqasi ila tayyorlangan, aziz opa singillarimizni raqsga chorlovchi sho'x uslubdagi taronasidan baxramand bo'ling va san'atkorimizning san'atlariga, yurakdan ijro etilgan nolalariga yana bir bor baho bering.